Kumasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kumasi — Gananing markaziy qismidagi shahar. Ashanti viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 390 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Yirik sanoat va madaniyat markazi. Yogʻochsozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Kakaoga ishlov berish korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Shaharga XVII asrda Ashanti qabila boshligʻi Kumasi qarorgohi sifatida asos solingan. XVII asr oxiri XIX asrlarda Ashanti davlatining poytaxti boʻlgan. K. tepaliklarda joylashgan. Shaharning shim. qismida afrikaliklar uylari va Ashanti xrki-mining qadimgi saroyi, gʻarbida savdo va maʼmuriy binolar, eski qalʼa (fort) joylashgan. Un-t, oʻrta maxsus oʻquv muassasalari, Ashanti tarix-etnografiya muzeyi, hayvonot bogʻi, badiiy galereya va boshqa bor.[1]
Manbalar
tahrir| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |