Vozinha
Josimar José Évora Dias (1986-yil 3-iyunda tugʻilgan) — kabo-verdelik professional futbolchi, Kabo-Verde milliy terma jamoasi darvozaboni sifatida oʻynaydi.
|
Vozinha (2026-yil) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Josimar José Évora Dias[1] | ||
| Tavallud sanasi | 1986-yil 3-iyun | ||
| Tavallud joyi | Mindelo, Kabo-Verde | ||
| Boʻyi | 1.89 m[1] | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2007–2011 | Batuque | ||
| 2011–2012 | Mindelense | ||
| 2012–2015 | Progresso do Sambizanga | 51 | (0) |
| 2015 | Mindelense | ||
| 2015–2016 | Zimbru Chișinău | 26 | (0) |
| 2016–2017 | Gil Vicente | 28 | (0) |
| 2017–2022 | AEL Limassol | 116 | (0) |
| 2022–2024 | AS Trenčín | 34 | (0) |
| 2024–2026 | Chaves | 51 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2012– | Kabo-Verde | 94 | (0) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2026-yil 15-iyun uchun) | |||
Vozinhaning klubdagi faoliyati Kabo-Verde, Angola, Moldova, Portugaliya, Kipr va Slovakiyadagi oʻyinlarni oʻz ichiga oladi. 2012-yildan buyon milliy terma jamoa safida toʻliq oʻyinlarda qatnashib keladi va Kabo-Verde terma jamoasi tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan ikkinchi futbolchi hisoblanadi. Vozinha beshta yirik xalqaro turnirda ishtirok etgan: 2013, 2015, 2021 va 2023-yillardagi Afrika Millatlar Kubogi hamda 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati. U 2026-yilgi Jahon chempionatidagi oʻyini bilan xalqaro miqyosda katta eʼtibor va eʼtirofga sazovor boʻldi. Ispaniya va Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinlarda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi hamda pley-off bosqichida amaldagi chempion Argentinaga qarshi kechgan va yuqori baholangan bahsda Kabo-Verde jamoasini sardor sifatida maydonga olib tushgan.
Shaxsiy hayoti
tahrirVozinhaning ota-onasi unga argentinalik futbolchi Jorge Valdano sharafiga Valdano deb ism qoʻymoqchi boʻlishgan, biroq Kabo-Verde hukumati bunga ruxsat bermagan. Unga ismi 1986-yilgi Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi safida toʻp surgan himoyachi Josimar sharafiga qoʻyilgan[2][3]. Vozinha laqabini esa uni tarbiyalagan bobosi va buvisi bergan. Uning aytishicha, Angolaga koʻchib oʻtgunga qadar oʻz ismi (Josimar) bilan oʻynagan, chunki u yerda boshqa bir darvozabonning ham ismi Josimar boʻlgan[4].
Vozinhaning ukasi Delmiro ham Kabo-Verde terma jamoasi futbolchisi boʻlib, Kipr Ikkinchi divizionining bir nechta klubida oʻynagan[5]. Uning yana bir akasi Kleidir esa Braziliyada matematika oʻqituvchisi boʻlib ishlaydi[6].
Vozinha FIFA Jahon chempionatida Ispaniyaga qarshi debyutidan soʻng bir necha kun ichida Instagram’da 17 milliondan ortiq obunachi yigʻdi. Bunga Braziliyaning CazéTV va Portugaliyaning LivemodeTV telekanallaridagi yorituvlar hamda darvozabonning oʻyinini nishonlash uchun unga 1 million obunachi toʻplashga qaratilgan birlashgan kampaniya sabab boʻldi[7][8].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 2026-yil 9-may kuni boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra
| Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Boshqa | Jami | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Zimbru Chișinău | 2015–16 | Moldova ligasi | 26 | 0 | — | — | 26 | 0 | ||
| Gil Vicente | 2016–17 | Portugaliya 2-ligasi | 28 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 29 | 0 |
| AEL Limassol | 2017–18 | Kipr birinchi divizioni | 35 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 41 | 0 |
| 2018–19 | Kipr birinchi divizioni | 13 | 0 | 0 | 0 | — | 13 | 0 | ||
| 2019–20 | Kipr birinchi divizioni | 23 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 27 | 0 | |
| 2020–21 | Kipr birinchi divizioni | 34 | 0 | 5 | 0 | — | 39 | 0 | ||
| 2021–22 | Kipr birinchi divizioni | 11 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | 15 | 0 | |
| Jami | 116 | 0 | 7 | 0 | 12 | 0 | 135 | 0 | ||
| AS Trenčín | 2022–23 | Slovakiya birinchi ligasi | 9 | 0 | 5 | 0 | — | 14 | 0 | |
| 2023–24 | Slovakiya birinchi ligasi | 25 | 0 | 0 | 0 | — | 25 | 0 | ||
| Jami | 34 | 0 | 5 | 0 | — | 39 | 0 | |||
| Chaves | 2024–25 | Portugaliya 2-ligasi | 32 | 0 | 0 | 0 | — | 32 | 0 | |
| 2025–26 | Portugaliya 2-ligasi | 19 | 0 | 0 | 0 | — | 19 | 0 | ||
| Jami | 51 | 0 | 0 | 0 | — | 51 | 0 | |||
| Umumiy faoliyat statisikasi | 255 | 0 | 12 | 0 | 13 | 0 | 280 | 0 | ||
Xalqaro
tahrir- 2026-yil 3-iyulda boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra[9]
| Terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|
| Kabo-Verde | 2012 | 2 | 0 |
| 2013 | 10 | 0 | |
| 2014 | 6 | 0 | |
| 2015 | 10 | 0 | |
| 2016 | 6 | 0 | |
| 2017 | 6 | 0 | |
| 2018 | 2 | 0 | |
| 2019 | 4 | 0 | |
| 2020 | 3 | 0 | |
| 2021 | 7 | 0 | |
| 2022 | 3 | 0 | |
| 2023 | 8 | 0 | |
| 2024 | 10 | 0 | |
| 2025 | 9 | 0 | |
| 2026 | 8 | 0 | |
| Jami | 94 | 0 | |
Yutuqlari
tahrirManbalar
tahrir- 1 2 „FIFA World Cup 2026 Squad List“. FIFA (2026-yil 15-iyun). 2026-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 16-iyun.
- ↑ Conway, Elizabeth „The 40-year-old keeper who inspired Cape Verde's historic debut“. BBC Sport (2026-yil 15-iyun).
- ↑ Bell, Graham „The Oldest Players in World Cup History“. theanalyst.com (2026-yil 15-iyun). Qaraldi: 2026-yil 15-iyun.
- ↑ Hill, Courtney „Copa do Mundo 2026: conheça Vozinha, goleiro da seleção de Cabo Verde“ [2026 World Cup: get to know Vozinha, Cape Verde national team goalkeeper] (pt). Olympics.com (2026-yil 15-iyun).
- ↑ „Progresso contrata Delmiro, irmão de Vozinha“ [Progresso hire Delmiro, brother of Vozinha] (pt). SAPO (2014-yil 29-yanvar). 2017-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-iyul.
- ↑ „Goleiro Vozinha: irmão mora no Recife e é professor de matemática“ (pt-BR). ge (2026-yil 17-iyun). 2026-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 17-iyun.
- ↑ „Vozinha vai de 53 mil a mais de 1,5 milhão de seguidores após campanha da CazéTV na Copa de 2026“ (pt-br). Estadão. Qaraldi: 2026-yil 15-iyun.
- ↑ portalterra „CazéTV faz mutirão por Vozinha, e goleiro de Cabo Verde ultrapassa 1,7 milhão de seguidores“ (pt-BR). Terra. Qaraldi: 2026-yil 15-iyun.
- ↑ Vozinha National-Football-Teams.com saytida
- ↑ Mantzas, Andreas „AEL Limassol end 30-year Cyprus Cup drought“. AGONAsport (2019-yil 23-may). 2023-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 4-iyul.
