Eron ustonlari

(Ustondan yoʻnaltirildi)

Uston yoki oston (forscha: استان‎‎ / ostān; koʻplikda — استان‌ها / ostānhā) — Eron Islom Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishi sistemasidagi eng yuqori darajali subyekt. Ustonning maʼmuriy markazi mavjud. Har bir uston shahristonlarga (forscha: شهرستان‎ / shahrestān — shaharlar toʻplami yoki viloyat deb tarjima qilsa boʻladi) boʻlingan. Shahristonlar, oʻz navbatida, baxshlarga (forscha: بخش / baxš — tuman deb tarjima qilsa boʻladi) boʻlingan.

Hozirgi paytda Eronda 31 ta uston mavjud. Ushbu ustonlar umumiy 402 ta shahristonga boʻlingan. Barcha shahristonlar umumiy 999 ta baxshga boʻlingan. Uston boshqaruvchisi — ustondor (forscha: استاندار / ostandār — ustonboshi, hokim yoki gubernator deb tarjima qilsa boʻladi) deb ataladi.

Eron ustonlari

tahrir
UstonMarkaziShahristonlari soniMaydoni (km²)Aholisi soni
Alborz Karaj45 8332 412 513
Ardabil Ardabil917 8001 248 488
Bushahr Bushahr922 7431 032 950
Fors Sheroz23122 6084 596 658
Gilon Rasht1614 0422 480 874
Guliston Goʻrgon1120 1951 777 014
Hamadon Hamadon819 3681 758 268
Hurmuzgon Bandar-Abbos1170 6691 578 183
Ilom Ilom720 133557 560
Isfahon Isfahon21107 0294 879 312
Janubiy Xuroson Birjand869 555662 534

Manbalar

tahrir