Obodon
Obodon — Eronning janubi-gʻarbiy qismidagi shahar. Huziston ostonida, Shatt ul-Arab daryosi boʻyida, Fors qoʻltigʻi qirgʻogʻidan 50 km ichkarida. Aholisi 206,1 ming kishi (1997). Okean kemalari kira oladigan port. Yiliga 30 mln.t neftni qayta ishlab beradigan yirik zavod, neft-kimyo korxonasi bor. Neft konlaridan Obodonga neft quvurlari oʻtkazilgan. Obodon orqali chetga neft va neft mahsulotlari chiqariladi. Neft instituti, xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor.[1]
Joylashuvi
tahrirShattul-arab (daryosi)ning sharqiy yoqasida Jazira al-xizr yoki keyinchalik Abbodon deb nomlangan yarim orolning shimoliy qismida asos solingan. Dastlab Basra koʻrfazi qirgʻogʻida boʻlgan esa-da, Shattul-arab tashigan allyuviylar sababli hozir dengizdan 50 km gacha ichkarida qolgan. Dunyoning eng katta neft tozalash korxonalariga va eksport imkonlariga ega portlaridan biridir.
Tarixi
tahrirVIII yoki IX asrlarda Abbod ibn Husayn ismli din olimi tomonidan bunyod etilgan shahar asoschisining nomiga monand ravishda Abadon nomini olgan, biroq bu nom 1935-yilda Rizoshohning Erondagi arabcha joy nomlarini forschalashtirish siyosati natijasida Obodonga oʻzgartirilgan. Abbosiylarning ilk davrlarida diniy markaz boʻlgan Abadonda savdo-sotiqning ham rivoj topgani, bundan tashqari Basra hududining boʻyra va tuz talabi shu yerdan qondirilgani maʼlum. Shattul-arab atrofidagi tuzli botqoqliklarda oʻsgan qamishlardan foydalangan holda Abadonda tayyorlangan boʻyralar obodoniy nomi bilan dong taratgan. Misrda tayyorlangan boʻyralarga ham keyinchalik xuddi shu nom berilgan. IX asr tarixchilaridan Nosir Xusrav[2] Abadonni „Iroqning janubidagi yashash joyi“, XIV asrlarda esa Ibn Battuta „dehqonchilik maydonlaridan mahrum, tuzli vohada bunyod etilgan, ichida juda koʻplab masjid va rabotlar boʻlgan katta qishloq“[3] deya taʼriflaganlar. Ushbu maʼlumotlardan shaharning vaqt oʻtishi bilan qurilgan yillaridagi tarovatini yoʻqotgani anglashiladi. Keyinchalik atrofidagi yerlar tuzdan tozalanib, u yerda xurmo yetishtirishga imkoniyat yaratilgan.
Uzoq muddat usmoniylar hukmronligi ostida qolgan Abadon 1847-yildagi Erzurum kelishuviga asosan Eronga oʻtgan[4]
Iroq-Eron urushidan koʻp zarar koʻrgan boʻlishiga qaramay neft bilan bogʻliq faoliyatlar davom ettirilmoqda. Neft bilan bogʻliq korxonalarning barchasi 1979-yil inqilobidan keyin milliylashtirilgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nosir Xusrav. Safarnoma. 89;.
- ↑ Ibn Battuta. Tuhfa. – Bayrut: 1985. I, 210;.
- ↑ L. Lockhart. „Abbadan“. EI2 (Ing.). I, 5; Cevat Rüştü Gürsoy. „Abadan“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 6;.
- ↑ The Middle East and North Africa 1984-1985. – London: 1984. I, 111; II, 368, 373; M. Streck. „Abbâdân“. İA. I, 8; „Abadan“. The New Caxton Encyclopyedia. – London: 1966. I, 3..
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |