Monokristall
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Monokristall — kristall panjarasi tartibli, maʼlum simmetriyaga ega (toʻgʻri koʻp yoqli), anizotrop xossali bitta kristall. Koʻpchilik qattiq jismlarning monokristalldan farqi shundaki, ular mayda kristall va kristallitlardan tarkib topgan polikristallitlardir. Monokristall maʼlum temperatura, bosim va kimyoviy tarkibli suyuq, qattiq, gazsimon moddadan hosil boʻladi (masalan: flyuorit, ftorli litiy va boshqalar). Monokristall olish uchun reaktiv toza boʻlishi, tashqi sharoit va temperatura oʻzgartirilmasdan saqlab turilishi kerak.

Monokristall moddani eritish, eritma hosil qilish, gaz va qattiq holga keltirish jarayonlari orqali hosil qilinadi. Bu holatlarni hosil qilish usullari juda koʻp boʻlib, ularni tanlashda moddaning fizik va kimyoviy xossalari eʼtiborga olinadi. Erishi qiyin boʻlgan moddalar (molibden, volfram)dan monokristall olish juda qiyin. monokristall olishda paydo boʻlgan asosiy nuqson vakansiyalar va dislokatsiyalarsir. Monokristall sekin hosil qilinganida vakansiya ortsa, tez hosil qilinganida dislokatsiya ortadi. Dislokatsiya ortganida mozaik (rangdor) kristall hosil boʻladi. monokristall xalq xoʻjaligida, radioelektronika, akustika, hisoblash texnikasi va hokazo da ishlatiladi[1].
Manbalar
tahrir| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |