Kalmarlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kalmarlar (lot. Teuthida) — oʻn oyoqli boshoyoqli mollyuskalarning kenja turkumi. Tanasining uzunligi 0,25—0,5 m. Baʼzi turlarining uzunligi paypaslagichi bilan 18 m ga yetadi. Tanasi choʻziq, keyingi tomoni uchli, torpedasimon, bu esa suvda ham, havoda ham katta tezlikda harakatlanishga (suvdan 7 m balandga sakray oladi) imkon beradi. Tanasining keyingi qismida 2 ta katta suzgichi bor. Boshi tanasidan yaqqol ajralib turadi, koʻzlari katta. 10 ta "qoʻli" bor. Ulardan 2 tasi "ov qoʻllari" oʻlja tutayotganda uzayadi. va suzayotganda qisqaradi. Chigʻanogʻi rudiment, yupqa plastinkadan iborat boʻlib, mantiya ostiga yashiringan. Siyohxaltasi bor. K. rangi har xil: suvning chuqur qismida yashovchi turlarining rangi tiniq, nur sochuvchi organi bor. 300 ga yaqin turi maʼlum. Asosan, iliq, suvli dengizlarda yashaydi. Uzoq Sharqda 30 ga yaqin turi bor. K. suv qatlamida yashab, baliqlar va umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Goʻshti yeyiladi. Ovlanadi[1].

Manbalar
tahrir| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |