Javohir Sindarov

o'zbekistonlik shaxmatchi

Javohir Sindarov (Sindarov Javohir; 2005-yil 8-dekabr, Toshkent, Oʻzbekistonda[2][3]) — oʻzbekistonlik shaxmatchi. Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori (2018-yil). Oʻzbekiston chempioni (2019-yil). Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi gʻolibi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi unvoni[4], Oʻzbekiston iftixori medali sohibi[5].

Javohir Sindarov

Javohir Sindarov 2024-yilgi shaxmat olimpiadasida (portret)
Tugʻilgan sanasi: 2005-yil 8-dekabr (2005-12-08) (20 yosh)
Tugʻilgan joyi: Toshkent, Oʻzbekiston[1]
Unvoni: Grossmeyster (2019-yil)
Maksimal reytingi: 2745 (2026-yil, mart)
Hozirgi reytingi : 2745 (2026-yil, aprel)
Mukofotlari:

Oʻzbekiston iftixori Mehnat shuhrati ordeni

U Shaxmat boʻyicha 2025-yilgi Jahon kubogida gʻolib chiqdi va 2026-yilgi Nomzodlar turniriga yoʻllanma oldi[6].

Faoliyati

tahrir

Javohir 2017-yilning oktyabr oyida xalqaro usta unvonini qoʻlga kiritadi[7]. 2018-yil iyun oyida Alexander Alekhine xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan shaxmat turniri Alekhine Memorialida dastlabki grossmeyster (GM) normasini qoʻlga kiritgan[2]. Sportchi oʻsha yilning sentabr oyida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, xalqaro reytingini 2500 ballgacha oshirishga muvaffaq boʻladi.

2018-yil oktyabr oyida 1992-yildan beri har oy Vengriya poytaxi Budapesht shahrida oʻtkaziluvchi First Saturday turnirida uchinchi GM normasini qoʻlga kiritdi va oʻsha paytda tarixdagi ikkinchi eng yosh grossmeysterga aylandi (12 yosh 10 oy-u 5 kunlik)[2][3]. Sportchiga ushbu unvon FIDE tomonidan 2019-yilning mart oyida rasman taqdim etilgan. U 2018-yilda Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida bronza medalni, 2019-yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan[8].

Javohir Sindarov shaxmat boʻyicha 2021-yilgi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlgan kiritgan. Ushbu turnirda 121-oʻrinni egallab, ikkinchi aylanada 8-pogʻonoda ketayotgan Alireza Firouzjani tay-brekda magʻlub etib, katta shov-shuvlarga sabab boʻldi. Biroq, toʻrtinchi aylanada Kacper Piorundan magʻlubiyatga uchraydi va musobaqadagi ishtirokini 1/32 finaldayoq yakunlashga majbur boʻladi[9][10].

Natijalar jadvali

tahrir
YilShaharTurnir+=NatijaOʻrin
2016PardubiceCZECH OPEN 2016 — A — GM open2075½ / 9[11]
2017Toshkent11th Tashkent Open, Agzamov Memorial (Group A)6036 / 9[12]
ToshkentZone 3.4 Men Championship 20175226 / 9[13]
2018VoronejAlekhine Memorial5136½ / 9[14]
KocaeliFIDE World Junior Chess Championships 2018 — Open6327 / 11[15]
BudapeshtFirst Saturday GM October 20186127 / 9[16]
2025GoaShaxmat boʻyicha 2025-yilgi Jahon kubogi???? / ?
2026

Mukofotlari

tahrir

2022-yil 10-avgust kuni Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan mukofotlangan[17].

2025-yil 27-noyabrda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi faxriy unvoni berilgan[18].

2026-yil 17-aprel kuni Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan[19].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Ota tomonidan bobosi — Komil Sindarov, yuridik fanlar doktori, professor. Prokuratura va sud idoralarida faoliyat yuritgan. 2024-yildan Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisining oʻrinbosari[20][21]. Ota tomonidan bobosi — Farhod Shaymanov, Qashqadaryo viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Certificate of Title Result: Grandmaster“ (2018-yil 21-iyun). 2018-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 1 2 3 Sindarov Likely Becomes 'New' 2nd-Youngest GM In History Chess.com
  3. 1 2 Sindarov: second youngest GM ever
  4. „Жавоҳир Синдаровга «Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган спортчи» фахрий унвони берилди“. www.xs.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2025-yil.
  5. „44-shaxmat Olimpiadasi g'oliblarini mukofotlash“. president.uz (2022-yil 10-avgust). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  6. „Javohir Sindarov Jahon kubogi g‘olibi bo‘ldi“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2025-yil.
  7. 88th FIDE Congress 2017, 7-15 October, Goynuk, Antalya, Turkey FIDE
  8. „THE WEEK IN CHESS 1228 21st May 2018 by Mark Crowther“. 2019-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-mart.
  9. „FIDE World Cup 2.3: Sindarov knocks out Firouzja“ (en). chess24.com. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
  10. „Tournament tree — FIDE World Cup 2021“. worldcup-results.fide.com. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  11. „1-я норма международного мастера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  12. „2-я норма международного мастера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  13. „3-я норма международного мастера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  14. „1-я норма гроссмейстера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  15. „2-я норма гроссмейстера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  16. „3-я норма гроссмейстера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  17. „Бутунжаҳон 44-шахмат олимпиадаси ғолиблари ва иштирокчиларини мукофотлаш тўғрисида“.
  18. „Президент Шавкат Мирзиёев Жавоҳир Синдоровни мукофотлади“. www.kun.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2025-yil.
  19. „Sindarov Javohir Sanjarbekovichni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida“.
  20. „Bosh vazir Abdulla Aripov Shaxmat federatsiyasiga rais bo‘ldi“.
  21. „От следователя – до шахматного стратега“.

Havolalar

tahrir