Ispanlar
Ispanlar – xalq. Ispaniyaning asosiy aholisi (27,6 mln. kishi). Umumiy soni 29,0 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Yevropeoid irqiga mansub. Ispan tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, katolik<lar. I.ning qadimgi ajdodlari iber qabilalari hisoblanadi. Galliyadan german qabilalari – vest-gotlar (414 yil), Gibraltar orqali arablar va barbarlar (714 yil) bostirib kirib, I.ning etnik tarkibiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. I. ularni mavrlarr. deb atashgan. Rekonkista (VIII—XV asr oxiri) ispan yerlarini birlashtirish bilan tu-gagan, bu esa I.ning milliy ongini shakllanishiga imkon tugʻdirgan. Pekin, XX asrgacha ayrim viloyatlar axoliyey oʻzlarini kastiliyaliklar, aragonlar, andaluzlar va b. deb atab kelishgan. I. XIX asr oxirida millat boʻlib shak-llangan. I. Lotin Amerikasidagi koʻplab hozirgi xalqlarning shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatganlar. Xoʻjaligida qoramolchilik rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida gʻalla ekinlari yetishtirish yetakchi oʻrinni egallaydi.[1]
Manbalar
tahrir| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |