Fritz Pregl (1869-yil, 9-mart, Laybax, hozirgi Lyublyana, Yugoslaviya — 1930. 13.12, Grats) — avstraliyalik kimyogar. Insbruk (1910-yildan) va Grats (1913-yildan) universitetlari professor Oz miqdorda (2– 6 mg) analiz qilinadigan birikmalardagi elementlar va funksional guruhlarni aniqlash usullarini ishlab chikib miqdoriy organik mikroanalizga asos soldi. P. ishlab chiqqan usullar gormonlar, vitaminlar va boshqa murakkab tabiiy moddalarni sintez qilishning tez rivojlanishiga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1923)[1][2][3].

Manbalar

tahrir
  1. "PREGL (Pregl) Frits" OʻzME. P-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari
  3. „Bağımsız Gazete“. 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-may.