Fritz Haber

kimyogar, Veymar Respublikasi

Fritz Haber (1868-yil, 12-sentyabr, hozirgi Vrotslav, Polsha — 1934.29.1, Bazel) — nemis anorganik kimyogari. Karlsrue Oliy texnika maktabi professor (1898-yildan). Berlin fizik-kimyo va elektrokimyo instituti direktori (1911—13). Asosiy ishlari ammiakning kimyo-texnologiyasi va elektrokimyoga bagʻishlangan. Yarim sanoat qurilmasida ilk bor suyuq ammiak olgan. Nitrobenzolning elektrokimyoviy qaytarilishi natijasida anilin hosil boʻlishini oʻrgangan (1900). Eritmalarning rN ini oʻlchashda qoʻllaniladigan shisha elektrodni kashf etgan (1909). Nobel mukofoti laureata (1918)[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. "Gaber Frits" OʻzME. G-harfi (Wayback Machine saytida 2021-07-25 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti