Enoh
Enox (ibroniycha: חֲנוֹךְ — Ḥanokh; yunoncha: Ἑνώχ — Henox) — Muqaddas Tavrot, Bibliya va Injilda tilga olingan shaxs boʻlib, Nuh toʻfonidan avvalgi davr patriarxlaridan biri hisoblanadi[2]. U Yaredning oʻgʻli va Matushalaxning (Mutu’shalax) otasi boʻlgan. Enox Ibroniy Injilidagi toʻfondan oldingi (Antediluvian) davrida yashab oʻtgan.
| Enoh | |
|---|---|
|
| |
| Otasi | Yared[1] |
Genesis (Tavrot) kitobiga koʻra, Enox 365 yil yashagan va soʻngra Xudo tomonidan olib ketilgan[3][4]. Yozilishicha „Enox Xudo bilan yurdi. Keyin u yoʻq boʻldi, chunki Xudo uni olib ketdi“ (Ibtido 5:21–24) deb yozilgan. Bu soʻzlar baʼzi yahudiy va nasroniy anʼanalarida Enoxning tiriklayin jannatga koʻtarilg deb ishoniladi. Boshqa talqinlarda bu holat boshqacha izohlanadi.
Enox yahudiy va nasroniy anʼanalarida keng tilga olinadi. U „Enox kitobi“ muallifi deb hisoblanadi. Yangi Ahdda — Luqo Injili, Ibroniylarga maktub va Yahudo maktubi — Enox nomi eslatib oʻtiladi. Ayniqsa, Yahudo maktubida „Enox kitobi“dan toʻgʻridan-toʻgʻri iqtibos keltiriladi[5][6].
Enox Rim-katolik cherkovi, Sharqiy pravoslav cherkovi va Sharqiy monofizit cherkovlari tomonidan muqaddas aziz sifatida eʼzozlanadi[7][8].
Etimologiya
tahrirEnox (ivritcha: חֲנוֹךְ — Ḥănōḵ) nomi borasida bir nechta etimologik talqinlar mavjud. Iskandariyalik Filo bu nomni ivritcha ḥēn („marhamat“, „inoyat“) soʻzidan kelib chiqib, „sening inoyating“ mazmunida izohlagan. Ierom esa uni ḥ-n-ḵ feʼlidan kelib chiqqan, yaʼni „tarbiyalamoq“, „bagʻishlamoq“, „tantanali tarzda boshlamoq“ maʼnolariga ega deb hisoblagan hamda nomga „bagʻishlangan“ degan maʼnoni yuklagan[9].
Zamonaviy tadqiqotchilar tomonidan „izdoshi“, „tayinlangan / inauguratsiya qilingan“, shuningdek „donishmand“ yoki „zerk“ kabi maʼnolar ham taklif etilgan[10] .
Tashqi havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ // (unspecified title)
- ↑ „Enoch (Hebrew patriarch)“. britannica.com. Qaraldi: 4-iyul 2025-yil.
- ↑ „Genesis 5:21-24, Genesis 5:21-24“. biblegateway.com. Qaraldi: 4-iyul 2025-yil.
- ↑ „Who was Enoch in the Bible?“. gotquestions.org. Qaraldi: 4-iyul 2025-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Book of Enoch“. en.wikipedia.org. Qaraldi: 4-iyul 2025-yil.
- ↑ „1 Enoch – Early Jewish Writings“. earlyjewishwritings.com. Qaraldi: 4-iyul 2025-yil.
- ↑ Catholic Online muharrirlari. „St. Enoch“. Catholic Online. Qaraldi: 4-iyul 2025-yil.
- ↑ Wikipedia foydalanuvchilari. „Enoch – Veneration“. Vikipediya (inglizcha). Qaraldi: 4-iyul 2025-yil.
- ↑ „Strong's Hebrew Concordance - 2596. chanak“. Bible Hub.
- ↑ Moster, David (2013). "Enoch (Son of Cain)". Encyclopedia. de Gruyter. doi:10.1515/ebr.enochsonofcain., Moster, David (2013). "Enoch (Son of Jared): Old Testament". Encyclopedia of the Bible and Its Reception Online. de Gruyter. doi:10.1515/ebr.enochsonofjared.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |