Detachment
„Detachment“ — 2011-yilda Carl Lund ssenariysi asosida, rejissyor Tony Kaye tomonidan suratga olingan AQSH psixologik-drama filmi. Film hikoyasi oʻz oʻquvchilari va boshqalarga ibrat boʻlgan oʻrta maktabning oʻrindosh oʻqituvchisi Henry Barthes haqida. Filmda rollarni Adrien Brody, Marcia Gay Harden, Christina Hendricks, William Petersen, Bryan Cranston, Tim Blake Nelson, Betty Kaye, Sami Gayle, Lucy Liu, Blythe Danner va James Caan kabi aktyorlar ijro etishgan.
| Detachment | |
|---|---|
| Rejissyor(lar) | Tony Kaye |
| Prodyuser(lar) |
|
| Ssenariy muallif(lar)i |
Carl Lund |
| Rollarda | |
| Bastakor(lar) | The Newton Brothers |
| Operator(lar) | Tony Kaye |
| Montajyor(lar) |
Barry Alexander Brown Geoffrey Richman |
| Distribyutor | Tribeca Films |
| Premyera sanasi |
|
| Davomiylik | 100 daqiqa |
| Mamlakat |
|
| Til | inglizcha |
| Daromad | $1.7 million[2] |
Greg Shapiro, Carl Lund, Bingo Gubelmann, Austin Stark, Benji Kohn va Chris Papavasiliou tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu film 2012-yil 16-martda ekranlarga chiqarilgan va turli xil tanqidiy fikrlar olgan.
Syujeti
tahrirOʻrindosh oʻqituvchi Henri Bartes navbatdagi ish topshirigʻi bilan oʻquvchilari oʻta intizomsiz va taʼlim darajasi past boʻlgan davlat maktabiga yuboriladi. Henri oʻzining shaxsiy hayotidagi ogʻriqli xotiralardan qochish va ruhiy azoblanmaslik uchun hech qaysi maktabda uzoq qolmaslikka va hech kimga bogʻlanib qolmaslikka harakat qiladi. Biroq, bu maktabdagi muhit va u yerdagi insonlar uning bu tamoyiliga taʼsir koʻrsatadi.
Maktabda Henri iqtidorli, ammo tengdoshlari tomonidan muntazam kamsitiladigan va ota-onasi tomonidan tushunilmaydigan Meredit ismli oʻquvchi qiz bilan tanishadi. Shuningdek, u darsdan tashqari vaqtda koʻchada xoʻrlangan va fohishalik bilan shugʻullanishga majbur boʻlgan oʻsmir Erika bilan uchrashib qoladi. Henri unga rahmi kelib, oʻz uyidan vaqtincha panoh beradi. Ular oʻrtasida ota va qizga xos boʻlgan gʻamxoʻrlik munosabatlari shakllana boshlaydi.
Shu bilan birga, Henri qariyalar uyida vafot etayotgan bobosidan xabar olib turadi. Bobosi koʻpincha Henrini vafot etgan onasi deb oʻylaydi, bu esa Henrining bolalikdagi ogʻriqli xotiralarini — onasining oʻz joniga qasd qilishi va oiladagi yashirin fojialarni uygʻotadi.
Maktabda Meredit Henriga bogʻlanib qoladi va undan oʻziga nisbatan iliqlik kutadi. Bir kuni u darsdan soʻng Henri bilan yolgʻiz qolib, unga oʻz rasmlarini koʻrsatadi va tasalli soʻrab uni quchoqlaydi. Ushbu holatni boshqa bir oʻqituvchi notoʻgʻri tushunadi, bu esa Henrining ruhiy muvozanatiga putur yetkazadi. Henri oʻzi asrab yurgan Erikani endi boshqa himoya qila olmasligini tushunib, uni ijtimoiy xizmat xodimlariga topshiradi.
Filmining oxirida Meredit barcha oʻquvchilar koʻz oʻngida zaharlangan keksni isteʼmol qilish orqali oʻz joniga qasd qiladi. Bobosining oʻlimi va Mereditning fojiasidan soʻng, Henri yolgʻizlikdan najot topish maqsadida Erikadan xabar olgani boradi. Yakuniy sahnada Henri boʻshab qolgan va xarobaga aylangan sinfxonada Edgar Allan Poening „The Fall of the House of Usher“ asarini oʻqib beradi, bu esa taʼlim va jamiyatdagi inqirozni ramziy ravishda ifodalaydi.
Rollarda
tahrir- Adrien Brody — Henry Barthes
- Marcia Gay Harden — direktor Carol Dearden
- Christina Hendricks — miss Sarah Madison
- William Petersen — janob Sarge Kepler
- Bryan Cranston — janob Dearden
- Tim Blake Nelson — janob Wiatt
- Betty Kaye — Meredith
- Sami Gayle — Erica
- Lucy Liu — doktor Doris Parker
- Blythe Danner — miss Perkins
- James Caan — janob Charles Seaboldt
- Louis Zorich — bobosi (Grampa)
- Isiah Whitlock, Jr. — janob Mathias
- Brennan Brown — Greg Raymond
- Renée Felice Smith — Missy
- Doug E. Doug — janob Norris
- Patricia Rae — miss Estrada
- Ronen Rubinstein — Gangsta
- Aaron Sauter — Marcus
Tanqidlar
tahrirRotten Tomatoes sharhlar agregatorida film 75 ta taqriz asosida 57% ijobiy reytingga ega boʻlib, oʻrtacha ball 5,8/10 ni tashkil etadi. Sayt tanqidchilarining umumiy xulosasida shunday deyiladi: „Detachment filmining maqsadi ezgu boʻlsa-da, umuman olganda, u oʻzining ehtirosli hayqiriqlariga hech qanday yechim taklif qilmaydi“[3]. Metacritic saytida film 20 ta tanqidchi sharhiga asoslanib, 100 balldan 52 ballga loyiq koʻrildi, bu esa „aralash yoki oʻrtacha sharhlar“ni anglatadi[4].
Rolling Stone nashridan Peter Travers filmga toʻrtdan uch yulduz berib, Adrien Brody, Marcia Gay Harden va Lucy Liularning mahoratini yuqori baholadi. U oʻz taqrizida: „Detachment sizga taʼsir qiladi. U qattiq zarba beradi“, — deb yozgan[5].
Taʼlim sohasida ishlaydiganlar uchun kitob va filmlarni tahlil qiluvchi „Student Handouts“ sharhlovchisi shunday deydi: „Ushbu asar Dangerous Minds filmini oddiygina telefilmdek koʻrsatib qoʻyadi“[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Gordon, Cox (April 4, 2011). "'Detachment', Rocker Doc Join Tribeca". Variety.
- ↑ „Detachment“. Box Office Mojo (2012-yil 3-may). Qaraldi: 2020-yil 4-may.
- ↑ „Detachment (2011)“. Rotten Tomatoes (2012-yil 16-mart). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
- ↑ „Detachment“. Metacritic. Qaraldi: 2020-yil 3-may.
- ↑ Detachment. Rolling Stone (March 15, 2012). Qaraldi: April 24, 2014.
- ↑ Detachment (2012) – Movie Review for Parents and Teachers. Student Handouts (March 16, 2012). Qaraldi: April 24, 2014.
Havolalar
tahrir| Vikiiqtibosda Detachmentga tegishli iqtiboslar mavjud. |