Davraga tush
Rustam Gʻoipov ijro etgan qoʻshiq
„Davraga tush“ – oʻzbek xonandasi Rustam Gʻoipov ijro etgan qoʻshiq. 1986-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiq qiziqchi va shoir Mirzabek Xolmedov yozgan sheʼrga bastalangan[1]. „Davraga tush“ Gʻoipov repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqdir. Taronani bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, Avazbek Olimov hamda Husan kaver qilgan.
| „Davraga tush“ | |
|---|---|
| Rustam Gʻoipov singli | |
| Chiqarilgan sanasi | 1986 |
| Yozib olingan | 1986 |
| Davomiyligi | 3:29 |
| Qoʻshiq muallif(lar)i | Mirzabek Xolmedov |
| Klipi | |
| „Davraga tush“ YouTubeda | |
Qoʻshiq nafaqat Oʻzbekistonda, balki unga qoʻshni Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston va Turkmanistonda toʻylarda eng koʻp ijro etiladigan taronalarning biridir. YouTubeda Gʻoipov ijrolaridan bir toʻrt yil ichida 20 million martadan koʻp koʻrilgan[2]. Markaziy Osiyo mamlakatlarida mazkur qoʻshiqqa raqsga tushayotganlar aks etgan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez ommalashib turadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Ўзбегим йигитлари“. Ozodlik radiosi (27-noyabr 2009-yil). Qaraldi: 11-iyul 2022-yil.
- ↑ „Rustam Gʻoipov - Davraga tush“. YouTube (28-aprel 2017-yil). Qaraldi: 13-iyul 2022-yil.