Brext Bertolt
BREXT (Brecht) Bertolt (1898.10.2, Augsburg — 1956.14.8, Berlin) — nemis yozuvchisi, rejissyor. 1933—47 yillarda muhojirlikda. "Berliner ansambl" teatriga asos solgan (1949). Falsafiysatirik pyesalari zamonaviy, tarixiy va mifologik mavzularda yozilgan. "Uch pullik opera" (1928-yilda sahnalashtirilgan, 1931-yilda chop etilgan), "Kuraj ona va uning bolalari" (1939-yilda yozilgan, 1941-yilda nashr etilgan), "Galiley hayoti" (1938—39 yillarda yozilgan, 1955-yilda nashr etilgan), "Sezuanlik saxiy odam" (1938— 40 yillarda yozilgan, 1943-yilda nashr etilgan) va boshqa asarlarida zamonaviy dolzarb muammolar insonparvarlik, antifashistik ruhsa oʻrtaga tashlangan. B.ning teatr nazariyasiga oid ishlari ("Hozirgi zamon teatri yoʻlida", "Teatrda dialektika" va boshqalar) XX asr Yevropa teatrshunosligiga taʼsir etgan.


Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |