Bob (taxallusi; asl ismi Sayid Ali Muhammad) (1819. 20.10, Sheroz1850, 9.7, Tabriz) – bobiylik asoschisi, bobiylar qoʻzgʻoloni rahbari. Sayid Ali Muhammad 1844-yilda oʻzini Bob (arab tilidagi eshik, darvoza soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „haqiqat va adolat yoʻliga olib boruvchi eshik“ degan maʼnoda talqin qilingan) deb ataydi. Mahdiyning xohish-irodasi, yoʻl-yoʻriqlari xalqqa „men orqali boradi“, deb eʼlon qildi. U xaloskor – mahdiyning kelishi yaqinlashganligi gʻoyasini targʻib qildi. Bob 1847-yilda qamoqqa olindi, u yerda „Bayon“ (arab. – tushuntirish, yoritib berish, taʼriflash) asarini yozdi. „Bayon“da bobiylar harakatining asoslari yoritilgan. Bob bobiylar qoʻzgʻoloni vaqtida Eron shohi farmoni bilan qatl etildi.

Bob

Hayfadagi Bob maqbarasi
Unvoni Sayyid
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi
Ali Muhammad

20-oktyabr 1819-yil
Vafoti 9-iyul 1850-yil(1850-07-09)
(30 yoshda)
Oʻlim sababi oʻqotar quroldan otib oʻldirilgan
Bob Maqbarasi (Bobiylik)
32°48′52″N 34°59′14″E / 32.81444°N 34.98722°E / 32.81444; 34.98722
Dini Bobiylik
Millati Fors
Turmush oʻrtoq(lar)i Xadicha Sulton (1842–1850)
Farzandlari Ahmad (1843–1843)
Ota-onasi Mirzo Muhammad Rizo (otasi)
Fotima Begim (onasi)
Kasbi Savdogar