Argus — yunon afsonalaridagi koʻp koʻzli pahlavon, sergak soqchi; koʻzlarining bir nechasi doim ochiq boʻlgan. Gera sigirga aylantirilgan Io (Zevsning sevgilisi)ni qoʻriqlashni Argusga topshiradi. Germes A.ning hamma koʻzlarini uxlatib oʻldiradi va Ioni ozod qiladi. Koʻchma maʼnoda — Argus ziyrak, sergak demakdir.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil