Antverpen
Antverpen – Belgiyaning shimolidagi shahar; Antverpen provinsiyasining maʼmuriy markazi, kema qatnaydigan Shelda daryosi va Albert kanali boʻyida, Shimoliy dengiz qirgogʻidan 90 km ichkarida. Dunyodagi eng katta portlardan biri (yuk oboroti 80 mln. t.dan ziyod). Muhim savdo, moliya va sanoat markazi, 544aholisining soni jihatdan Bryusseldan keyin 2-oʻrinda. Aholisi 468 ming kishi (1991, shahar atrofi bilan 920 ming kishi). XVI asr 2-yarmida ahamiyati jihatidan Yevropada 1-oʻrindagi savdo va kredit markazi boʻlgan. Xoʻjaligida tashqi savdo va moliya aloqalari katta rol oʻynaydi. Antverpen xalqaro dengiz, havo va temir yoʻl aloqalari tuguni ichki suv yoʻllari orqali Kampin kumir xavzasi, Lej, Rent va Bryussel shaharlari bilan bogʻlangan. Rangli metal-lurgiya, mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), harbiy, kimyo (mineral oʻgʻit, boʻyoq), oziq-ovqat, toʻqimachilik (ayniqsa ipgazlama ishlab chiqarish), neftni qayta ishlash sanoati tarmoqlari rivojlangan. Olmosga sayqal berish va brilliant savdosining jahon markazi. Shaharda VII Olimpiada oʻyinlari oʻtgan (1920). Antverpen yaqinida GES ishlab turibdi. Universitet, konservatoriya, muzeylar (jumladan, Qirollik nafis sanʼat muzeyi, 1810-yil). P. P. Rubens Uy-muzeyi va boshqa bor. A. yilnomalarda dast-lab VII asrdan tilga olingan. 14 – XVIII asrlar meʼ-moriy yodgorliklari saqlangan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |