Antimodda
Antimodda — antizarralardan tashkil topgan materiya tizimi. Antinu-klonlar antiyadroni, antiyadro bilan anti-elektronlar (pozitronlar) antiatomni, antiatomlar antimolekulani hosil qiladi va hokazo. Shu ravishda antizarralardan hosil boʻlgan turlicha antijismlar, antiyulduzlar, antigalaktikalar mavjud boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Anti-elektron, antiproton, antineytron va boshqa ayrim antizarralar koʻplab tajribalarda aniqlandi. Antiproton bilan bir anti-neytrondan tashkil topgan antivodorod yadrosi va ikki antiproton bilan anti-neytrondan tashkil topgan antigeliy yadrosi borligi ham oʻgkazilgan tajribalarda maʼlum boʻldi. Materiya va modda tushunchalari aynan tushunchalar emas. Antimodda kabi modda ham materiya shakllaridan biri. Modda elektron, proton, neytron singari zarralardan tashkil topgan atom va molekulalar toʻplamidan iborat. Materiyaning modda shaklida yashashi fanga koʻpdan maʼlum. Materiyaning Antimodda shaklida yashashi faqat XX asrdagina aniqlandi. Yer yuzasi yoki kosmos mikyosida modda bilan Antimoddaning oʻzaro taʼsiri, jumladan, ularning annigilyatsiji natijasida berishi mumkin boʻlgan katta energiyali turli hodisalarni oʻrganish kelajak fizikasining muhim masalalaridandir. Atom va antiatom toʻqnashishda juft elektron-pozitronlarning, shuningdek, nuklon va antinuklonlarning shiddatli annigilyatsiya jarayonlari yuz beradi. Barcha mazkur jarayonlar natijasida katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Hozirchalik fan annigilyatsiya energiyasidan foydalanishning samaraliligi haqida fikr yuritish imkonini bera oladigan darajada yetarli dalillarga ega emas. Bu energiyaning koʻp qismi neytrino oqimiga hamda moddalar bilan sust oʻzaro taʼsirda boʻladigan gʻoyat qisqa toʻlqinli gamma nurlarga toʻgʻri keladi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, annigilyatsiyaning barcha energiyasidan toʻliq foydalanishga yaqin vaqtlarda erishish ehtimoddan uzoq. Agar haqiqatan bu gʻoya amalga oshadigan boʻlsa, inson gʻoyat bitmas-tuganmas energiya manbaiga ega boʻladi. Zotan, 1 kilogramm modda va Antimoddaning toʻliq oʻzaro taʼsirida ajralib chiqadigan energiya 3 milliard tonna toshkoʻmir yonganda olinadigan energiyadan 3 milliard marta, shuncha miqdordagi uranning atom reaktorida „yonishi“dan hosil boʻladigan energiyadan esa ming marta ziyod boʻladi. Ad.: Shirokov Yu. M., Yudin N. P., Yadernaya fizika, M., 1972; Bekjonov P. B., Modda tuzilishi, T., 1997.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |