Angar (frans. hangar) — samolyot va vertolyotlar turadigan, ularga texnik xizmat koʻrsatiladigan va taʼmirlanadigan inshoot. Vazifasiga koʻra, Angar — ustaxona, muqim (statsionar), muvaqqat-muqim va yigʻma-qismlarga ajratma xillarga boʻlinadi. Muqim Angarlar metall va temir-betondan, muvaqqat-muqim Angarlar yogʻoch-taxtadan, yigʻma-qismlarga ajratma Angar esa poʻlat yoki yengil qotishmalardan yasaladi. Angarning shakli va katta-kichikligi samolyot va vertolyotlar soni va oʻlchamlariga bogʻliq boʻladi. Angar koʻtarish-tashish, aloqa, signal, avtomatik oʻt oʻchirish vositalari bilan jihozlanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil