Anafilaksiya
Anafilaksiya (yun. anaphylaxia — himoyasizlik) — organizmga parenteral yoʻl orqali yuborilgan antigenga nisbatan sezuvchanlikning ortishi bilan ifodalanadigan allergik reaksiya. Umumiy yoki mahalliy reaksiya (masalan, terida) koʻrinishida namoyon boʻladi. Yaqqol koʻrinib turgan umumiy reaksiya anafilaktik shok deyiladi. Anafilaktik shokning asosiy belgilari: nafas olish keskin qiyinlashadi va qon bosimi tushib ketadi, bemor hushidan ketishi mumkin. Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishga toʻgʻri keladi. A.ning oldini olish uchun oʻz bilgicha dori ichmaslik kerak, aks holda organizm sezuvchanligi oshib ketishi mumkin, agar dori ichganda biror 471 xil allergik reaksiya roʻy bersa, dori ichishni toʻxtatib, albatta vrachga uchrashish kerak.
Adabiyotlar
tahrirBirinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |