Amir ibn Abdulloh ibn Jarroh al Quroyshiy, yoki Abu Ubayda ibn Jarroh (arabcha: أبو عبيدة بن الجراح; 583—638) — Muhammad sahobalridan biri. Jannat hushxabari berilgan sahobalardan[1].

Abu Ubayda ibn Jarroh
أبو عبيدة بن الجراح
Tavalludi
Abu Ubayda Amir ibn Abdulloh ibn Jarroh ibn Hilol ibn Uhayb ibn Dabba ibn Haris ibn Fihr ibnMalik ibn Nadr al Quroyshiy

583-yil
Vafoti 638-yil (55 yoshda)
Iordaniya
Fuqaroligi Rashidun xalifaligi
Otasi Abdulloh ibn Jarroh

Biografiyasi

tahrir

Sahobalar bilan Efiopiyaga, keyin Madinaga hijrat qilgan. Madinada musulmon davlatining qurilishiga xizmat qilgan. Badr jangida u o’z otasiga qarshi jang qilgan. Qurʼonning Mujodala surasi 22 oyati Abu Ubayda va boshqa sahobalar haqidadir.

Allohga va oxirat kuniga imon keltiradigan qavmning Alloh va Uning paygʻambariga muxoliflik qiluvchilar bilan - garchi ular oʻzlarining otalari, yoki oʻgʻillari, yoki ogʻa-inilari, yoki qarindoshlari boʻlsalar-da - doʻstlashayotganlarini topmassiz. Aynan oʻshalarning dillariga (Alloh) imonni bitib qoʻygandir va ularni oʻz (tomon)idan boʻlmish ruh bilan quvvatlantirgandir. U ularni ostidan anhorlar oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritur. Alloh ulardan rozi boʻlur va ular ham (Allohdan) rozi boʻlurlar. Aynan oʻshalar Allohning hizbidirlar. Ogoh boʻlingizkim, albatta, Allohning hizbigina najot topuvchilardir!

Arab xalifaligining Forslar va Vizantiya bilan janglarida qatnashdi. 634—638 yillarda Suriya va Falastinning bosib olinishida faollik ko’rsatdi. Yarmuk jangida markaz qo’mondoni bo’lgan. Suriyada tarqalgan vabodan halok boʻldi[2][3][4].

Manbalar

tahrir
  1. Али-заде, А. А. 2007.
  2. „Абу Убайда ибн аль-Джаррах — доверенный уммы“. 2014-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-dekabr.
  3. „Абу Убайда ибн Аль-Джаррах“. 2017-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-dekabr.
  4. Абу ‘Убайда — сподвижник Пророка, мир Ему